keskin
bilan ulashing
1. Uzil-kesil tarzdagi, qatʼiy.
-
Keskin mulohaza. Keskin eʼtiroz. Keskin javob bermoq.
-
Sulton Ali Mirzo Xoʻja Yahyoga qarshi keskin chora koʻrolmaydi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Armani usta qora lavhadagi soʻzlarni oʻchirib, qayta yozishdan keskin bosh tortdi. N. Aminov, Suvarak
-
Juman juda keskin gapirmasdan, fikrlarini ehtiyot bilan, mulohaza shaklida aytishga qaror qildi. A. Muxtor, Tugʻilish
2. Jiddiy va tubli tarzda.
-
Tartibni buzishlar keskin kamaydi.
-
Shoʻrlangan tuproqlar qishloq xoʻjalik ekinlarining hosildorligini keskin pasaytirib yuborishi hammaga maʼlum. Gazetadan
-
Yosh kelin-kuyov orasida avvalgi xayoliy orzu bilan hozirgi ahvolning keskin farqidan kelib chiqqan noxush bir murakkablik borligini Oysha begim ham payqar va ich-ichidan iztirob chekardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Hal etilishi ogʻir, katta kuch va ehtiyotlik talab etuvchi; jiddiy; hal qiluvchi.
-
Abdurasul keskin kurashga tayyorlanish kerakligini tushundi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Tez yuz beruvchi va kuchli, shiddatli, qattiq (ovoz, shamol va shu kabilar haqida).
-
Yoʻlchi koʻchaga chiqishi bilan keskin sovuq shamol quloqlarida gʻuvullab, ignaday oʻtkir, mayda qor parchalarini uning yuziga urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. ravish Juda tez; birdan, shartta.
-
Oʻktam oʻzini choʻl xoʻjayini sezib, tevarakka qarchigʻay boqish bilan alanglab, otini istagan yoqqa keskin burar edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
-
Islomxoʻja keskin burilib, foytunga qarab yurdi. S. Siyoyev, Avaz
KESKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЕСКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
keskin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing