yetil
bilan ulashing
1. Meʼyoriy darajasiga yetmoq, tobiga kelmoq.
-
Nisholdaning qiyomi yetildi.
-
Kunlar isib, koʻtarilgan nam, Yerlar isib, yetilgan tuproq. Gʻayratiy
-
Yetilgan yerlar peshma-pesh boronalanib, ekishga taxt qilib qoʻyilmoqda. Gazetadan
-
Bu yil ham gʻoʻza obdan yetilgandan keyingina defoliatsiyani boshladik. Gazetadan
2. Oʻsib, rivojlanib, isteʼmol qilish, pishish darajasiga yetmoq; pishmoq.
-
Fosfor va kaliy oʻgʻitlari meʼyoridagidan ortiqroq berilsa, kartoshkaning yetilishi tezlashadi. Fan va turmush
-
Qovun qars etib yorildi. — Jonivor xoʻb yetilibdi-da, — dedi Madaminxoʻja qovunni kosa qilayotib. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Oʻsib, ulgʻayib balogʻatga yetmoq.
-
U boyoqishning nuridiydasi, yetilgan qizi birdan gʻoyib boʻlsin Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Pishib yetmoq, dolzarb boʻlmoq.
-
Taʼlim-tarbiya saviyasini oshirishning yetilgan masalalari ishchanlik bilan hal etilayotir. Gazetadan
-
Shunday baʼzi yetilgan savollarimiz bor. H. Shayxov, Rene jumbogʻi
5. koʻchma s. t. Kayfi oshmoq; qattiq mast boʻlmoq.
-
Har kim bilan qadah urishtirib ichaverib, rosa yetilibdi.
6. kam qoʻll. Biror daraja, mavqe va shu kabilarga yetmoq, erishmoq; yetishmoq.
-
Bu oddiy dokladlardan emas, balki., yetim-kambagʻal bolalarning mana bugun oʻqituvchi boʻlib yetilganlari toʻgʻrisida taʼsirli bir qissa. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hamza takallumi ifodali, mantiqli, zehni oʻtkir oʻz soʻzli yigit boʻlib yetilgan edi. K. Yashin, Hamza
YETIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yetil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar