yetim
bilan ulashing
1. Otadan, onadan yoki har ikkovidan ajralgan.
-
Yetim bola. Yetim qoʻzi.
-
Ularning biri olti yashar, biri toʻrt yashar yetim nabiralari Unsinni sevadilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hali ovqat yeyishga oʻrganmagan toʻrtta buzoq koʻzlari moʻltirab yetim qoladi-yu, achinmay boʻladimi? S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Tashlab qoʻyilgan, eʼtibor berilmaydigan, qaralmaydigan shaxs yoki narsaga nisbatan qoʻllanadi.
-
Ayniqsa, bizning bechora moʻytan urugʻi — qoʻngʻirot elining shoʻrlik yetimi, bir shapaloq ursa ham, evaziga jon berib kelgan. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
yetim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirik yetim
-
Oʻgʻlingni tirik yetim qilma. Bolang tufayli har qancha ogʻirchilik boʻlsa, ustingga ol. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Istardikki, yetim, tirik yetim soʻzlari dunyoda yoʻq boʻlsa, faqatgina kitoblardagina qolsa. Gazetadan
Yetim qovurgʻa
YETIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕТИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yetim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar