sargardon
bilan ulashing
1. Bekorga ovorayi sarson boʻlib yurgan, oʻz yoʻlini topa olmagan, parokandalikda yurgan.
-
Sargardon boʻlmoq. Sargardon kezmoq.
-
Menga u qancha azob bergan, shu deb qancha yurtlarda yalang oyoq sargardon kezganman. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Bu judolik meni qildi sargardon, Sizdan duo tilar Hasandek polvon. Hasanxon
-
Sheralixon sargardon boʻlib yetti yildan soʻng bir chet bozorga kelib oʻtirdi. Erali va Sherali
2. etn. Qadimgi oʻzbek urf-odatlariga koʻra, ogʻir yotgan bemorning (irim bilan) boshidan aylantirib (oʻgirib) beriladigan sadaqa puli.
-
[Mastura:] Nega harom boʻlar ekan? Sargardonning puli emas bu, aylanay! Doʻppi tikib toʻplaganman, yaxshi yigit! Hamza, Paranji sirlari
sargardon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sarson-u sargardon qilmoq
SARGARDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРГАРДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sargardon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar