sana
bilan ulashing
1. Hisoblamoq, hisoblab sonini, miqdorini aniqlamoq; hisobini olmoq.
-
Pul sanamoq. Juft-juft qilib sanamoq. Yerdan topsang ham, sanab ol. Maqol
-
Devorning paxsasini sanab koʻrdi, oʻttiz paxsa. Nurali
-
U xaltachasidagi kumush tangalaridan sanab, Meʼmorga uzatdi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Raqamlar nomini aytmoq.
-
Kimdandir yuzgacha sanasang, uxlab qolasan deb eshituvdim. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bir, ikki, uch! deb sanashi bilan oʻzini suvga shaloplab tashladi. Yoshlik
3. Birma-bir aytib oʻtmoq, zikr qilmoq.
-
Bosh maqola bu odamlar yaratgan va yaratayotgan, tajribadan oʻtgan va oʻtayotgan yangiliklarni birma-bir sanab ularga keng yoʻl ochib berish vazifasini qoʻyar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Hisoblamoq, deb bilmoq.
-
Yodgor Dilshodning unga yana zarda aralash qarab qoʻyganini ilgʻab oldi. Tagʻin oʻzini aybdor sanab, yuragi siqildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Ular bu yoqda ekan, — oʻyladi u oʻkinch bilan. — Demak, ular meni odam sanashmagan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
sana soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barmoq bilan sanarli
Toqi (yoki yulduz) sanab yotmoq
Chuchvarani xom sanamoq
Qadamini sanamoq
-
Uning sizning qadamingizni sanashdan boshqa ishi qolmagan. Oydin, Hikoyalar
SANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar