sanʼat
bilan ulashing
1. Ijtimoiy madaniyatning estetik zavq beruvchi, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik kabi voqelikni badiiy obrazlar vositasida aks ettiruvchi har bir ayrim sohasi.
-
Tasviriy sanʼat. Meʼmorlik sanʼati. Sanʼat va adabiyot.
-
Dunyodagi har qaysi soha oʻz sanʼatiga va oʻz madaniyatiga ega. Yoshlik
-
Kinematografchilar oʻz ijodiy rejalari, kino sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisidagi oʻylari bilan oʻrtoqlashdilar. Gazetadan
-
Zargarlik sanʼati eng.koʻhna sanʼatlardan biri boʻlib, u dekorativ-amaliy sanʼat xili sifatida keng tarqalgan. Gazetadan
2. Turli amaliy-tatbiqiy sohalarning oʻziga xos ish uslubi, sistemasi.
-
Harbiy sanʼat.
-
Uch-toʻrt kilometrga choʻzilgan tepalik harbiy-injenerlik sanʼati bilan uzoq yillar davomida qurilgan mustahkam qalʼaga oʻxshardi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. koʻchma Muayyan faoliyat sohasidagi yuksak mahorat, ustalik; isteʼdod.
-
Soʻz sanʼati. Notiqlik sanʼati.
-
Yosh xonandalar, raqqosalar oʻz sanʼatlarini namoyish etdilar. Gazetadan
-
Fursatdan foydalanmoq oʻzi bir sanʼat, hunar. Q. Muhammadiy
-
Kuldirishga sanʼat kerak, kulishga sof yurak. Gazetadan
4. Adabiyotshunoslikda: badiiy asar poetikasini taʼminlovchi vosita.
-
Talmeh sanʼati.
-
Rujuʼ — maʼnaviy sanʼatlardan biri boʻlib, arabcha qaytish demakdir. OʻTA
5. Sanʼat (xotin-qizlar va erkaklar ismi).
SANʼAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САНЪАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sanʼat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar