sanal
bilan ulashing
1. Sanamoq feʼlining majhul nisbati.
-
Kassadagi pul qayta sanaldi.
-
Kecha yakshanba tagʻin pul sanaldi. Hisob moʻljalga yaqin bordi, shekilli, bobo soqolini yamlagancha, maʼnoli kulib qoʻydi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
2. Bogʻlama vazifasida kelib, deb hisoblanadi maʼnosini beradi.
-
Quyon turli ob-havo sharoitiga tez moslashuvchi, oziqlarni yaxshi isteʼmol qilguvchi jonivorlardan sanaladi. Fan va turmush
-
Otam Azizbekning mushoviri va yaqin musohibi sanalsa ham, lekin bu juzʼiy ishlardaginadir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
sanal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qovurgʻasi sanalib qolibdi
-
Yoʻlakning oʻng tomonidagi bostirmada qovurgʻasi sanalib qolgan targʻil sigir bilan shalpangquloq buzoq. Yoshlik
SANAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САНАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sanal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar