urish
bilan ulashing
1. Urmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Yomon urishdimi? Oʻldirishdan ham toymaydi bu bezorilar. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Koʻplashib ularni otlariga mindirishdi-yu otlarning sagʻrisiga xipchin urishdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ust-boshi yupun yigitlar, chollar quloqlarini roʻmol bilan bogʻ-lab olib, ketmon urishadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Yoqalashmoq, olishmoq.
-
Bizning oʻgʻil koʻp yaxshi-da: birov bilan urishmaydi, papiros chekmaydi A. Qahhor, Asarlar
-
— Shariat nomidan fatvo bermang! — dedi mulla Abdujalil, xuddi urishishga tayyorlanayotgan xoʻrozday boʻynini choʻzib. Mushtum
3. Yomon, haqoratli soʻzlar bilan bir-birini koyimoq, bir-biri bilan aytishmoq.
-
Maʼsuma beka oʻrtaga tushib: — Urishmanglar, bir-biringizga qattiq gapirmanglar — dedi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Falokat bosib er-xotin urishib qolishdi. Oxir boʻlmadi, ajralib ketishdi. Gazetadan
4. Nasihatomuz, qattiq gap-soʻz aytmoq; koyimoq.
-
Qaytib bormayman, degan ekan, Ziyodaxon urishibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mening oyim bir yoqdan, uy ishlariga yordamlashmading, deb urishadi, bir yoqdan, qoʻlingni sovuq suvga urma, deydi. H. Nazir, Yonar daryo
5. Jang qilmoq, jangda qatnashmoq.
-
U [Mirzayev] oddiy qismda oddiy askar boʻlib urishib yurganida, boʻlinma komandiri [unga] bir sovgʻa berdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Dadam Berlin qulagandan keyin Uzoq Sharqqa borib, yaponlar bilan ham urishibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
URISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УРИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
URISH so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan URISH so‘ziga berilgan ma’nolar
urish so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
urish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar