urin
bilan ulashing
1. Oʻzini har tomonga urmoq, har yoqqa talpinmoq; harakat qilmoq, intilmoq.
-
Qafasda qush urinayotir.
-
Bozor-da yurgan xalq — fuqaro ham kir-yupun, isqirt, gʻazabli, shoshadi, turtinadi, urinadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Biror ishni bajarishga kirishmoq; unnamoq, tutinmoq; biror ish bilan band, ovora boʻlmoq.
-
[Nazokat] Oshga urindi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Chol oynagini olib, koʻz yoshini artdi va yana ishga urindi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sayfini ilgariroq ishga joʻnatdim-da, oʻzim nimagadir urinib, kechroq qolib bordim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Biror ishni bajarish, biror narsaga erishish va shu kabilar uchun harakat qilmoq, harakatida boʻlmoq.
-
Qiz uni [tovuqni] ushlab olgani koʻp urindi, juda qiynalib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Aʼzam kun boʻyi Muhiddinni xoliroq uchratishga urinib koʻrdi, boʻlmadi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Iloji boricha uning sheʼrlarini yerga urishga, Feruzning koʻzi oldida obroʻsizlantirishga urindilar. S. Siyoyev, Avaz
4. Holdan toymoq; charchamoq; qiynalmoq.
-
[Oʻgʻil:] Jon ona, oʻzim yoʻlda juda urinib keldim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bir oz kutmabsiz-da, qori aka, issiqda ancha urinib qolibsiz. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Kumushbibi ogʻriqlardan shikoyat qilib yurar, shuning uchun onasi tinch uxlasin, ortiq urinmasin! deb bugun namozga ham uygʻottirmagan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Asli holatini, sifatini yoʻqotmoq: eskirmoq.
-
Uringan roʻmol.
-
Uyga urinib, ezilib qaytib kelgan nonni yeydigan odam yoʻq. S. Ahmad, Non-nasibamiz haqida
-
Maktub anchagina uringan, qogʻoz shalaqlangan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Chopon] Juda yangi boʻlmasa ham, har holda urinmagan T. Malik, Ajab dunyo
urin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻz urinmoq
-
Soʻz urindi, soʻzdan soʻz chiqdi, nihoyat, hojining kutganidek, oʻgʻil hasrati ham boshlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
URIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УРИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
urin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar