hamkorlik
bilan ulashing
1. (q. Ish-faoliyatda birga, hamkor boʻlish, ayni bir ishda birgalashish, uni teng bajarish hamkor 1).
-
Avtomatchilar tankchilar bilan hamkorlikda hujumni davom ettirib, dushman mudofaasini yorib oʻtishdi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Marhum ustozim Ziyo Said bilan hamkorlikda Tarix tilga kirdi kitobini yozdik. N. Safarov, Olovli izlar
2. Biror sohada oʻzaro bogʻlanib, birgalikda, hamkor boʻlib ish olib borish.
-
Iqtisodiy hamkorlik.
-
“Tohir va Zuhra“ filmi tugar-tugamas, Nabi Gʻaniyev kinorejissyor Komil Yormatov hamkorligida Nasriddinning sarguzashtlari kinokomediyasi ustida ish boshladi. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
-
Biz fiziologiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yadro nurlanishlarining urugʻlik chigitga taʼsirini oʻrgandik. Fan va turmush
-
Ahdlashuvchi tomonlar radio-eshittirish va kinematografiya sohasida hamkorlikni kuchaytiradilar. Gazetadan
HAMKORLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМКОРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hamkorlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar