hamla
bilan ulashing
1. Kimsa yoki narsa ustiga tashlanish.
-
U bir hamla bilan Sultonning yoqasidan ushlab, oʻziga tortdi. O. Yoqubov, Larza
-
Tajang boʻlsa, qoplon hamlasi bilan Pismiq giriboniga chang soldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Jang, kurash va shu kabilarda kuch bilan olgʻa tashlanish; hujum.
-
Razvedka maʼlumotiga qaraganda, bu tepalikni bir hamla bilan Koʻlga olish mumkin emas edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Bizning hokimlarimiz bir-biri bilan inoq boʻlmagani, birlasha olmagani sababli, katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh bera olmadik. Mirmuhsin, Meʼmor
3. aynan Hujum.
-
Uning dasturxondan hamon koʻz uzmay, jim oʻtirganini koʻrib, ochiq hamlaga oʻtdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
hamla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hamla qilmoq
-
Yoqutoyim eriga quturib hamla qildi, yuziga chang soldi. S.Anorboyev, Oqsoy
-
Navqiron yigitning charchaganini sezgan Temur Malik ustma-ust hamla qilib, yigitni orqaga tisariltira boshladi. Saodat
-
Ochiq qolgan markazdan Bobur askarlarining bir qismi alanga tiliday otilib chiqdi-yu, Shayboniyxon turgan tepalikka hamla qilib kela boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
HAMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HAMLA so‘ziga berilgan ma’nolar
hamla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hamla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar