hamiyat
bilan ulashing
1. Or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuygʻusi; oriyat.
-
Tamagirlik —inson hamiyatini yerga uradi. Gazetadan
-
[Sharofat] Oʻrtaga tushmoqchi boʻlgan kimnidir yuladi; hamma erkaklarni hamiyatsiz, hamma xotinlarni buzuq, deydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Insoniylik his-tuygʻusi; shunday his-tuygʻuli munosabat.
-
kamtarin bir keksadaki shuncha himmat va hamiyat boʻlsa ish baror topmasligi ham mumkinmi!? H. Nazir, Mayoq sari
-
sizning xizmatlaringizni, hamiyatingizni hech vaqt unutmaydilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zamondan zamon oʻtib, ularning [odamlarning] dilida yaxshilik, muruvvat, hamiyat, insof-u adolat chirogʻi yonarmikan S. Siyoyev, Avaz
hamiyat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hamiyatiga tegmoq
-
Uning oxirgi gapi Mansurning hamiyatiga tegdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
HAMIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan HAMIYAT so‘ziga berilgan ma’nolar
hamiyat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
hamiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar