mog‘or
bilan ulashing
1. Turib qolgan narsalarda yoki zax yerlarda mikroskopik zamburugʻlarning toʻplanishidan hosil boʻladigan va narsalarni chiritadigan momiqsimon tuklar; poʻpanak.
-
Kitob varaqlaridan zax va mogʻor hidi anqir edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. koʻchma Kir, kir bosgan.
-
Teshaboy yuragidagi gʻashlik mogʻorini shu poʻpisa bilan yuvdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boshida titilib ketgan mogʻor doʻppi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
mog‘or soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mogʻor bosmoq
-
Mogʻor bosgan non.
-
Soy suvi yuzini mogʻor bosib, charmdek qotib ketgan bezbet xarsanglarga qarshi olisha-olshia, butun gʻazabini ularning ustiga toʻkadi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
[Sidiqjon] Nega qishloq-da boʻlib oʻtgan va boʻlib oʻtayotgan ishlarga koʻzini kattaroq ochib qaramapti? Aqlini mogʻor bosgani shudir-da! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Nahotki Ahmaddek navqiron yigit mana shu miyasini zang, vujudini mogʻor bosayotgan kimsaga bas kelolmasa?! F. Musajonov, Himmat
MOG‘OR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОҒОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mog‘or so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar