mosh
bilan ulashing
Dukkakdoshlar oilasiga mansub, bir yillik dukkakli ekin va uning ovqatga ishlatiladigan, poʻsti sabzarang, ichi oq doni.
-
Yoʻlning bir yogʻi mosh, loviya ekilgan dala. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
-
Moshni terib, yuvib, sovuq suvli idishga solib, sust olovda qaynatasiz. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
mosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzini moshdek ochmoq
-
Bu ikki zarba bilan Aʼzamning koʻzini moshdek ochdi. Shuhrat, Jannat qidirgan-lar
-
— Qiz koʻnmayapti, denglar. Men ertaga ularning koʻzini moshdek ochib qoʻyaman, — dedi Tansiq.
-
Mosh yegan xoʻrozday oshpazlar qozon boshida kuymalanmoqda edilar. Oybek, Navoiy
-
Lekin bitta lekini bor-da. Shu rais bilan hech moshim ochilishmaydi, — dedi Yoʻldosh. Gazetadan
MOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar