mozor
bilan ulashing
1. Oʻlgan kishilar dafn etiladigan joy; qabriston. Qishloq mozori.
-
Bolalik uy — bozor, bolasiz uy — mozor. Maqol
-
Qishloq oldida paydo boʻlgan oʻrtoqlar mozoriga jafokash kampirning ham jasadi qoʻyildi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Goʻr, qabr.
-
[Yormat] Qayoqqadir, balki Gulnorning mozoriga, ildam joʻnarkan, lablari muttasil pichirlardi: — Nima ish qildim? Gunohmi? Savobmi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
.buzishyapti ekan. Hoziroq bor. Otangning mozorini kavla. Suyaklari xor boʻlib ketmasin. E. Raimov, Ajab qishloq
mozor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mozor bosgan yoki mozor bosib kelgan
-
Vali polvon burchakda turgan qopidan mozor bosib kelgan patir bilan turshak, anor olib qoʻydi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
Ochiq mozorda
-
Sen ochiq mozordan olib berasanmi [pulni] E. Raimov, Ajab qishloq
MOZOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОЗОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mozor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar