moyli
bilan ulashing
1. Moyi bor, moy olish mumkin boʻlgan.
-
Moyli oʻsimliklar.
2. Moylangan, moy berilgan.
-
Moyli qogʻoz.
3. Sermoy, yogʻli.
-
Tursunoy tuxum bilan qovurilgan moyli qoʻy goʻshtini bir xitoy laganda keltirib, sandal ustiga qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
-
Fazliddin oldinroq moyli somsani koʻproq yeganidan mantini oz yedi. Oybek, Tanlangan asarlar.
4. Koʻchma Daromadi yaxshi; serdaromad.
-
Moyli ish izlab yuribdi.
-
Bu oila tinch, moyli makon qidirib, qishloqqa koʻchib kelgan Oybek, Tanlangan asarlar.
5. Moyi chiqqan; kirlangan.
-
Yoqasi moyli boʻlsin, etagi loyli boʻlsin. Boychechak
MOYLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОЙЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
moyli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar