moyil
bilan ulashing
1. Mayli, koʻngli bor, koʻngil qoʻygan.
-
Ilmga moyil odam.
-
Qoʻshnisi qishloqdagi bir dehqonning Nurjamol ismli qizini yaxshi koʻrarkan. Qiz ham unga moyil ekan. M. Xayrullayev, Koʻngil
-
Ammo yoshlar odam zotin ayirmas. Koʻngil moyil boʻlsa — shuning oʻzi bas! M. Ikrom, Koʻngil guli
2. Yaqinlashib boruvchi, yaqin.
-
Olti-yetti yoshlar chamasi doʻndiqqina, oqqa moyil yuzchasi isiqqina bu jajji qiz qoʻgʻirchoqqa oʻxshar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Berdiyorning boʻyi ham novcha, oʻzi sariqqa moyil. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
-
Raʼno tabassumga moyil jodu koʻzlari bilan Anvarga ohista bosh koʻtarib qaradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Yer bagʻirlab turgan imoratlar koʻngilda gʻashlikka moyil bir his uygʻotadi. E. Usmonov, Yolqin
3. Biror narsa taʼsiriga beriluvchan, yaqin.
-
Boʻrijarning shahar chekkalaridagi sohillari eroziyaga moyil boʻlib turibdi. Gazetadan
-
Bilimsiz kishilarning koʻngli xurofotga moyil boʻladi. Gazetadan
4.
moyil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Moyil qilmoq (yoki etmoq)
-
Ertangi kun ishqi etmasa moyil, Hayotning lazzati kelurmi esga. G. Joʻrayeva.
MOYIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОЙИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
moyil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar