moxov
bilan ulashing
1. Butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik; shu kasalga yoʻliqqan shaxs.
-
Ha, Botir aka, hozir odamlar moxovdan hazar qilgandek mendan qochishadi. S. Ahmad, Saylanma
2. koʻchma s. t. Rasvo, yaramas, chatoq.
-
Moxov odam. Moxov ish. Ishning moxovini chiqarmoq.
-
dod deganda ham gap shuki, qiyin ekin, moxov ekin. Gazetadan
3. Qargʻish bildiradi.
-
Nega jim turibsizlar, uringlar moxov boʻlgurni! K. Yashin, Hamza
moxov soʻzi qatnashgan jumlalar:
Moxovga oshna qilmoq
-
Turob bir kuni sal nasihat qilgan ekan, uni kelin oldida moxovga oshna qilibdi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda.
-
Qoʻshnilar uni [Boʻriboyni] yakka moxovga chiqarib, na taʼziya va na toʻy-hashamga aytmay qoʻyishgan. Nazir, Oʻtlar tutashganda
MOXOV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОХОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
moxov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar