moy
bilan ulashing
1. Chorva mollari va baʼzi jonivorlar toʻqimalarida boʻladigan, tarkibida yogʻ boʻladigan narsa.
-
Bir qumaloq bir qorin moyni chiritar. Maqol
-
Echkiga jon qaygʻu, qassobgamoy qaygʻu. Maqol
-
Quyonning moyi qoʻy va qoramol moyiga nisbatan tez eriydi. Fan va turmush
2. Shunday narsadan va baʼzi oʻsimliklarning urugʻi, guli va mevasidan olinadigan, suvda erimaydigan modda; yogʻ.
-
Hayvonot moylaridan tayyorlangan yogʻ mahsulotlari ham yaxshi dogʻlashni talab etadi. Gazetadan
-
Yongʻoqning tarkibida moy, oqsil moddalari behisob. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
soyadan yaxshi hosil olishimiz, oziq-ovqat sanoati uchun soya moyi ishlab chiqarishimiz mumkin. Gazetadan
-
Inson gullardan efir va sanoat moyi va dorivor olishga ham oʻrgangan. Gazetadan
3. Yumshatish, harakatni ravonlashtirish, pardoz va boshqalar maqsadlarda ishlatiluv-chi moddalarning umumiy nomi.
-
Korjomasi va qoʻllarigacha moy boʻlganidan, bilagini tutib soʻrashdi. R. Fayziy, Asad libosi
-
Mullajon amaki haligi kishining yuziga suqma moy surtdilar-da, hafsala bilan ishqaladilar. E. Raimov, Ajab qishloq
-
moy surtmasang, aravaning oʻqi ham gʻirchillaydi. Mushtum
4. s.t. kam. qoʻll. Boʻyoq.
-
Politsiya eshigi berk: yashil moy bilan sirlangan yogʻoch panjaralar oldida tutaqqan xalq qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
moy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Juvoz moyi
-
Qoʻshni hovlidan chuchitilgan juvoz moyining isi keladi. S. Ahmad, Hukm
Moy bosgan yoki moyi chiqqan
-
Bir necha minutdan soʻng turib, moy bosgan qatirma doʻppisi ichiga toʻgʻnalgan ignani oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
boshida moyi chiqib ketgan eski kepka, egnida qora satin pidjak. O. Togʻayev, Alangali yurak
Moy tomsa (yoki toʻkilsa, tushsa) yalagudek
-
Turdimatchoʻtal goʻlaxxonani moy tomsa yalagudek qilib, aftidan, bor zehnini berib tozalab qoʻygan edi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Moy toʻkilsa yalagudek. P. Tursun, Oʻqituvchi
Moydek (yoki moy kabi) yoqmoq
-
Ziyodillaning bu gaplari domlaga moydek yoqib tushdi shekilli. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Kumushning oʻtinchi unga moy kabi yoqib tushdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ogʻzidan moy tommoq
-
Gapirganda ogʻzidan moy tomadi.
-
Rahmonali oʻzi ishlagan MTS va xotini aʼzo boʻlgan kolxoz ishini ogʻzidan moy tomib maqtay ketdi. N. Safarov, Katta karvon yoʻlda
Pichogʻi moy ustida
-
Bular ham bir nav durust: biri agronom, biri mol duxtiri. Pichoqlari moy ustida! O. Yoqubov, Larza
-
Ana, endi Tursunalining pichogʻi yana moy ustida. Mushtum
Qozon ham moy, choʻmich ham
-
Mashinalarni rost koʻcha qolib, past koʻchadan yugurtiraverdilar. Qarasalar, qozon ham moy, choʻmichi ham. Mushtum
Ogʻzingga moy
-
Ogʻzingizga moy, amaki! O. Yoqubov, Larza
-
— Uning aytishiga qaraganda, Zunnunxoʻja quloq qilinipti! Sidiqjon yalt etib unga qaradi: — Rostmi? Yashang-e, ogʻzingizga moy! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
MOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
moy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar