qay
bilan ulashing
1. Bir necha vaqt turgan, saqlangan sut betida paydo boʻladigan yoki sutdan separator yordamida yoki boshqa yoʻl bilan ajratib olingan quyuq, yogʻli mahsulot.
-
Quyuq qaymoq. Yaxshi sutning qaymogʻi sermoy boʻladi.
-
Sutdan qaymoq, qatiq, sariyogʻ tayyorlanadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. koʻchma Kishi yoki narsalarning eng yaxshi qismi, sarasi, asillari.
-
Yigitlarning qaymogʻi frontda Lekin ish sustlashgani yoʻq. S. Zunnunova, Olov
-
— Juda soz, —
-
qichqirdi Oʻsarjon. — Soʻzning qaymogʻi — tanqid! Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. koʻchma Biror ish, narsa va shu kabilarning natijasi, hosili, xullasi.
-
Yerning qaymogʻi — mehnat qilganniki. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
4. so‘zlashuv tili Suv betiga yalpoq tosh yoki boshqa narsani otganda, uning bir necha bor suv betiga tegishi, shu tegishdan hosil boʻladigan holat.
-
Nodir bilan Muzaffar pastroqda kim koʻp qaymoq qilish oʻynashardi. Nodir yassiroq tosh olib, suv oqimiga qarata otar, tosh esa suv yuzida sakray-sakray, besh-olti qaymoq hosil qilardi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
qay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qaymoq bogʻlamoq
-
Suv qaymoq bogʻlabdi (yaʼni yupqa muz bilan qoplanibdi). Murabbo qotib, qaymoq bogʻlabdi.
Qaymoq choy
-
Shodimat asalga aralashtirgan sariyoqqa nonni botirib, qaymoq choy bilan rosa tushirdi. A. Muhiddin, Oshnalar
Qaymoqdek yoqdi
-
Uning bu soʻzlari menga qaymoqdek yoqdi.
Qaymogʻini olmoq
-
Bir yillik mehnatimizning qaymogʻini oladigan vaqt keldi.
QAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar