qayd
bilan ulashing
1. kitobiy Taʼkidlash; taʼkid.
-
Ikkinchi daftarni qoʻlga olaman. Bu esa teatr tarixining qimmatli xazinasi — unutilmas sanalar, noyob fikrlar, qaydlar, takliflar jamlamasi. A. Yunusov, Chinor va nihol
2. Yozish, yozib qoʻyish, roʻyxatdan oʻtkazish; roʻyxat.
-
Qayd daftari.
qayd soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qayd qilmoq (yoki etmoq)
-
Siz meni jahongashta, deb toʻgʻri qayd qildingiz. A. Hakimov, Ilon izidan
-
tarbiyaviy ishlar durust yoʻlga qoʻyilmaganligidan ayanchli ahvollar sodir boʻlayotganligi qayd qilib oʻtildi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Akademik Otaboyev bu yosh olim ham tirishib ishlayotganini qayd etgan edi. Mirmuhsin, Umid
Qayd qilmoq (yoki etmoq)
-
Zarrabinda har xil hasharot, qurt-qumursqa, ildizlarni sinchiklab koʻradi, yangi tutilgan kundaligiga qayd qiladi. S. Nurov, Narvon
-
— Kimning nima dardi borligi daftarimda qayd etilgan, — dedi vrach. Yo. Xayitov, M. Rahmon, Hayot-mamot
QAYD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayd so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar