qavm
bilan ulashing
1. Bir avloddan tarqalgan, oʻzaro qarindoshlik munosabatlari bilan bogʻlangan kishilar birlashmasi; urugʻ, aymoq, qabila.
-
Garchi sizning qipchoq qavmiga mansubiyatingiz boʻlsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga unutilmaslik xizmatlar qildingiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. din. Bir masjidda ibodat qiluvchi kishilar, bir masjidning namozxonlari va ularning har biri.
-
Jilovxonada namoz kutib oʻtirgan qavmlar ichida Samad boʻqoq, Shukur soʻfilar ham koʻrinar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
xatna toʻyiga yetti machit qavmini taklif qilgan boʻlsa, mahalla uchun jonkuyar Mahkamboy terisiga sigʻmay qolardi. M. Osim, Tilsiz guvoh
3. Kishilarning maʼlum bir ish va boshqalar jihatdan boʻlgan birligi, guruhi; toifa.
-
Haligi qavmdagi mualliflar endi oshkora oshna-ogʻaynigarchilik, loʻttibozlik, guruhbozlik yoʻliga oʻtib oldilar. Gazetadan
-
-Men bir ojiz fuqarongizman, — dedi u darhol, — ahli shuaro ila fuzalo qavmiga koʻrsatgan inoyatlaringiz tahsinga sazovordir. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. (3-sh. egalik va oʻ.-p. k. shaklida — qavmida) Qatorida maʼnosini bildiradi.
-
Menga-ku janoza oʻqiydiganlar topiladi. Ammo senlar toʻngʻiz qavmida ketasanlar. B. Rahmonov, Mardlar qissasi
-
Zokir temirchi gʻoziyning qilichidan oʻlgan, shuning uchun ham u kofir qavmida ketgan emish. S. Anorboyev, Oqsoy
QAVM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАВМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qavm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar