qavat
bilan ulashing
1. Qat-qat narsalarning har bir qati, qatlami va ularning orasi.
-
U doʻppini taxlab, koʻrpaning qavatiga qoʻydi.
-
Qavat-qavat marmarni koʻrganmisan? Goʻshti oʻshanday bir qavat yogʻ, bir qavat goʻsht boʻladi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Sakkiz qavat koʻrpada oyogʻini uzatib yotgan keksalarning bel bogʻlab, dalaga chiqishi boshqalarga oʻrnak. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Axir u [Mayna] ignaning teshigidan yetti qavat osmonni koʻradigan mergan. El-u yurt orasida uning taʼrifi zoʻr. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. Xonalari ustma-ust solingan binolarning bir balandlikdagi xonalardan iborat qismi, qatori.
-
Binoning beshinchi qavati. Ostki qavatda yashamoq.
-
Bashirjon qavat navbatchisidan kalitni olib, oʻz nomeriga kirdi. N. Aminov, Qahqaha
3. Ustma-ust joylashgan tokcha, polka va shu kabilarning har bir pogʻonasi.
-
Munisxon javonlardan birini ochib, uning yuqorigi qavatidan bir toʻp surat oldi. A. Qahhor, Sarob
4. so‘zlashuv tili Yon, qator, saf.
-
Otamiz bizni qavatlariga olib, dehqonchilik qildilar. N. Safarov, Olovli izlar
-
Mana, yigitlardan soʻra, dashtda dengiz yaratayotganlar shular. Oʻgʻling ham shular qavatida. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar
-
Oʻn uchga kirgan akam Solijon onam qavatlariga kirib qoldi. Gazetadan
5. Ip va shu kabilarga tizilgan narsalarning har bir tizimi; shoda.
-
Marjon shodasining uch-toʻrt qavati uzilib ketgan, oʻsha uzuq shodalardan marvarid donalari xuddi koʻz yoshiday yerga tomib turardi. K. Yashin, Hamza
6. kam qoʻll. Marta, karra.
-
[Xolisxon:] Hammasi esimdan chiqib, ming qavat tagʻin gʻayratlandim. Hamza, Paranji sirlari
7. Sidra.
-
Shohim bir-ikki qavat eski koʻylak-ishtondan boshqa narsasi boʻlmagan boʻgʻchani ustiga kerosin toʻkib yondirmoqda edi. S. Ayniy, Qullar
QAVAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАВАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QAVAT so‘ziga berilgan ma’nolar
qavat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
qavat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar