qavar
bilan ulashing
1. Ishlash, ishqalanish yoki kuyish natijasida qavariq hosil boʻlmoq.
-
Kun boʻyi ketmon chopib, qoʻlim qavardi.
-
Mening ham dastyorchilik qilaverib, oyogʻim qavardi. Oydin, Fonar tagida
-
Beton qorish mashinasini aylantirish vaqtida qavarib ketgan qoʻllari zirqirardi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
2. Turtib chiqmoq, boʻrtib turmoq.
-
Ikkisining boʻyin tomirlari arqonday qavargan, bilak paylari temirga aylangan. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Yetilib, pishib, yaqqol sezilib boʻrtib turmoq.
-
Mehmonni kuzatib qoʻyganidan soʻng Ganjaning koʻnglida qavarib turgan oʻt birdaniga lovullab ketdi. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
qavar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻksi (yoki yurak-bagʻri, koʻngli) qavardi
-
Gapi qursin, yurak-bagʻrim qavardi, Goʻroʻgʻliga borib, bergil xabardi. Goʻroʻgʻli
-
Zakot dedi, oʻn toʻrt mahram buyurdi, Mahram kelib, menga berdi xabardi, Zakot degan gapga koʻnglim qavardi. Alpomish
Oyogʻi qavarmoq
Tili qavarmoq
-
Yigit qoʻlini siltadi: — Zapchast [ehtiyot qismlar] deyaverib, tillarimiz qavarib ketdi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
QAVAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАВАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qavar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar