qattiq
bilan ulashing
1. fizika Odatdagi sharoitda oʻz shakli va hajmini saqlaydigan.
-
Qattiq jism. Qattiq modda. Qattiq va suyuq yoqilgʻilar.
2. Umuman, shakl oʻzgarishlariga, tashqi taʼsirga yaxshi qarshilik koʻrsatadigan; sindirish, ushatish, kesish qiyin boʻlgan.
-
Qat-tiq yogʻoch.
-
Bu yoqning toshi u yerniki singari qattiq, yaxlit emas, juda boʻsh, gʻoʻrasha edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Shu tosh qurutni talashasizlar. Mana, koʻrdinglarmi, qattiq — tishlaringni ushatadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eng nozik nihollar ham toshday qattiq yerni, qoyalardagi yoriqlarni yorib, oʻsib chiqadi. Gazetadan
3. Badanga, qoʻlga botadigan; salga ezilmaydigan, bosilmaydigan.
-
Qattiq oʻrin. Qattiq xamir.
-
U [Toʻlagan aka] tikanday qattiq soqolini Sidiqjonning yuziga ishqab pichirladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Mahkam, mustahkam, pishiq.
-
Belbogʻni qattiq bogʻlamoq.
-
Xoliqov oʻrnidan turib, unga peshvoz chiqdi va qattiq qoʻl qisib koʻrishib, kresloga taklif qildi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Endi gap shu: oyoqni qattiq tirang nasiyani tezroq undiring. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Belgi darajasi yuqori (ortiq) boʻlgan; kuchli, zoʻr, juda.
-
Qattiq tovush. Qattiq ogʻriq. Qattiq iztirob. Qattiq shamol. Qattiq sovuq. Qattiq zarba. Qattiq hurmatlamoq. Qattiq azob chekmoq. Qattiq charchamoq.
-
Gulnor Yoʻlchini qattiq sevadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Neʼmat Xaydarovich, xotinim qattiq kasal N. Qobil, Bemorlar
-
Kasalning qattiq iltimosi va talabiga koʻra, kabinetdagi telefonni karavot yoniga oʻrnatdilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Oʻzbek oyim oʻgʻlining bunchalik qatʼiy ketishini kutmagan edi va bu yoʻsin qattiq muomalani-da Otabekdan birinchi martaba koʻrar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu ovozni kim eshitardi, qattiqroq chaqirsang-chi! B. Rahmonov, Bahor arafasi
-
Kechki payt yogʻa boshlagan yomgʻir yarim kechaga borganda chaqmoq, momaqaldiroq aralash qattiq quydi. S. Zunnunova, Gulxan
6. Qiyinchilik, mashaqqat bilan boʻladigan, kuch, mehnat, mashaqqat talab etadigan; ogʻir, qiyin, mashaqqatli.
-
Qattiq mehnat.
-
Bu uydagi xotinlar Unsinni qattiq yumushlarga sola boshladilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qattiq kundan bizlarni xalos etgan otamdir, Men shu musofir otamdan xabar olaman. Zulfizor bilan Avazxon
7. so‘zlashuv tili Sarf-xarajat, umuman, chiqimga tobi yoʻq, unga chidamaydigan.
-
Undan biron narsa soʻrash kerak emas, oʻlgunday qattiq odam.
qattiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Beti (yoki yuzi) qattiq
Qattiq botmoq (yoki tegmoq)
-
Bu gap Toʻxta xolaga qattiq botdi. Kampir Bozorovning yuziga gʻazabli koʻzlarini tikdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Daminjonning Ma-shinamning aqli bulturdan beri siznikiga qaraganda koʻproq kirganga oʻxshaydi, degani Shermat akaga juda qattiq teggan edi. A. Hayitmatov, Shonli avlod
Qattiq gap
-
Mening shunchalar qattiq gaplarimga qanday chidading? K. Yashin, Hamza
Qattiq olmoq
-
— Qanaqa xato ekan? — koʻngliga qattiq olgandek sekretarga qaradi rais. N. Safarov, Olovli izlar
Qattiq turmoq
-
Men oʻninchi sinfni tamomlagunimcha erga tegmayman, deb qattiq turib oldim. B. Rahmonov, Bahor arafasi
Qattiq tutmoq
-
Urf-odatlarni qattiq tutmoq;
-
Shariat xotinni qattiq tutish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qolasiz. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
QATTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qattiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar