qatra
bilan ulashing
1. Suyuqlikning zarralari tortishuvi natijasida sharcha shaklini olgan alohida kichik boʻlagi; tomchi.
-
Bir qatra suv. Qatra qoldirmay ichmoq. Oz-ozdan oʻrganib, dono boʻlur, Qatradan koʻpayib, daryo boʻlur. Maqol
-
U ohu koʻzlar Anbar hidli qatralar toʻkdi, Yuzda qolib billurin izlar, Chamanlarga olmoslar choʻkdi. M. Shayxzoda.
-
Xirurg stakandan choy hoʻplar, uning peshonasida mayda ter qatralari yiltirar edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. koʻchma Oz miqdor, ozgina, jinday.
-
Qatra ham uni yoʻq ekan, oldimga yarim stakan qatiq qoʻydi. O. Husanov, Choʻlda
-
Ey dunyoyi bevafo! Qahringdan hammaning bagʻri qon, koʻngli parishon. Shu yigitdan bir qatra baxtni oldingmi ? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Unda nuqul salobat bilan qahramonlik qaynaydi-yu, nazokatdan qatra yoʻq. Shuhrat, Shinelli yillar
QATRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar