qatorasiga
bilan ulashing
1. ravish Birin-ketin, birvarakayiga, biryoʻla, bir harakat bilan.
-
Uch samovarga qatorasiga suv solib, koʻmir tashlab qoʻydi. Oydin, Hazil emish
-
Qamchi, oxirgi marta qatorasiga oʻq otilgan joyni taxminan moʻljalga olgan boʻlsa ham, toʻqayga kirganda, moʻljaldan adashdi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Bir qator qilib, yonma-yon, qator.
-
Hovlining uch tomoni bir uy, bir ayvon qilib qatorasiga solingan yangi binolar bilan oʻralgan, bir tomoni giloszor bogʻcha. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dehqonlar daryo boʻyidagi qatorasiga ketgan katta-kichik beshta havzaga oʻrnashgan boʻlib, bu havzalarning har biri bir mahalla, hammasi Kapsanchilar qishlogʻi deb atar edi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
QATORASIGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТОРАСИГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatorasiga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar