qatna
bilan ulashing
1. Muntazam ravishda, belgili paytlarda borib kelmoq, yurib turmoq.
-
Fargʻonaga samolyot har kuni uch marta qatnaydi. Avtobuslar kechgacha qatnaydi.
2. Umuman, biror joyga koʻp yoki maʼlum marta borib kelmoq.
-
Shaharga yozi bilan qatnadim. Qatnab oyoqdan qoldim.
-
Polvon ham qumlarni yaxshi biladi, saratonning jazirama issigʻida qancha-qancha marta oʻtinga qatnagan edi. J. Sharipov, Xorazm
-
Shaxsiy uy-joy quruvchilar yillar davomida rayon ijroiya komitetlariga qatnayverib, oyoqlarida oyoq qolmadi. Mushtum
3. Oʻqish, mashgʻulot va shu kabilarga muntazam borib-kelib turmoq.
-
Oʻqishga qatnamoq. Toʻgarakka qatnamoq. Bogʻchaga qatnamoq. Qatnab oʻqimoq.
-
Kechagina maktabga qatnab yurgan bola bugun onaning koʻziga sher yigit boʻlib koʻrindi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Kelin doktorga qatnayapti. Eson-omon qutulsin. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
QATNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar