qator
bilan ulashing
1. Narsa yoki kishilarning bir yoʻl (chiziq)da joylashgan holati; shunday joylashgan tizimi.
-
Qator uylar. Qator teraklar.
-
Nonvoylik rastasiga kelsalar, qator doʻkonlarning hammasi yopiq. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Andijon degan katta yurt, Tevaragi qator tut. Qoʻshiqlar
-
Tutlarning qator oralariga ishlov berilmoqda. Gazetadan
-
Saodatxon oldingi qatorda oʻtirgan Lolaxonga qaradi. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. aynan Saf 1.
-
Qatorda katta-katta odimlar otib borayotgan Elmurod shikoyat-landi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Dushman qayta-qayta atakaga oʻtib, qatorlarimizni yorib oʻtishga harakat qilmoqda. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Rota bir qator boʻlib, soʻqmoqdan ketmoqda edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Biror ijtimoiy guruh, tashkilot va shu kabilarga mansub kishilar majmui; saf.
-
Ilgʻorlar qatori kengaymoqda. Qatordan qolguncha xatardan qol. Maqol
-
Bu yigitni Chilimahram togʻi etagida askariy mashq oʻtkazayotgan navkarlar qatoriga qoʻshing. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sheriklari qatoriga qoʻshib, uni oʻqitamiz. H. Nazir, Yonar daryo
4. Bir qancha, bir talay, ancha koʻp.
-
Aholi orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Gazetadan
-
Romandagi qator obrazlarning zamirida konkret tarixiy shaxslar yotadi. Gazetadan
5. mat. Maʼlum tartibda joylashgan kattaliklar sirasi.
-
Butun sonlar qatori. Furye qatorlari. Qatorlar nazariyasi.
6. kim. Oʻzaro maʼlum munosabatda bogʻlangan kimyoviy birikmalar guruhi.
7. koʻm. vzf. (Z-sh. egalik shaklida — qatori) Oʻxshatish, qiyos munosabatini (kabi, tengi kabi maʼnolarni) bildiradi.
-
Mana endi, u odamlar qatori ertalab ishga borib, kechki payt, el-yurt qatori, uyga qaytadi. T. Ashurov, Oq ot
-
kecha-yu kunduz oʻshaning juvozida, yaylovida ishlashadi. Biz ham shular qatorimiz-ku!? Nimamiz ortiq?! A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Men Zokir ota bilan Roʻzimatni qoralab, oʻzimni oqlamoqchi emasman. Shular qatori men ham gunohkorman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
8. aynan (3-sh. egalik va oʻ.-p. k. shaklida — qatorida) qator 7.
-
Agar menga hurmat lozim boʻlsa, mubolagʻa bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufsiz muomala qilish bilan boʻlsin!. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Shu qatori-da badiiy adabiyot va sanʼat ham bir qadar eʼtibor topadi. Fan va turmush
-
Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib oʻtkardi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
QATOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qator so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar