qatqaloq
bilan ulashing
1. Kuchli yogʻinlar va sugʻorishdan soʻng nam tuproq betida hosil boʻladigan qattiq qatlam.
-
Urugʻ ekilgandan soʻng ustiga kuchli yomgʻir yogʻsa, tuproq beti qotib qoladi, biz shuni qatqaloq deymiz. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Bugun zveno aʼzolari dalaga chiqib, qatqaloq yerlarni yumshatib, gʻoʻza nihollarining tagini boʻshatish bilan band. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. Yer, qor va shu kabilarning muzlab, qotib qolgan ustki qatlami.
-
Koʻcha muzlab, qatqaloq va toygʻoq hosil boʻlibdi. I. Rahim, Ixlos
-
Bektemir qatqaloqlarga qoqinib-suqinib, shtabga keldi. Oybek, Quyosh qoraymas
qatqaloq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qatqaloq sovuq
-
Odamlar chiyillagan chilla deb tariflagan kunlarda shunday qatqaloq sovuq rosa bir hafta davom etdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
QATQALOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАТҚАЛОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qatqaloq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar