yarasha
bilan ulashing
1. koʻm. (joʻnalish kelishigi bilan) Mos keladigan, muvofiq, loyiq.
-
Kuchiga yarasha. Soʻziga yarasha. Eshagiga yarasha tushovi. Maqol
-
Ahli rastaga va boyvachchalarga yarasha durustgina kiyinadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻyda oʻzingiz bosh boʻlasiz, xudo xohlasa Avval oʻziga yarasha bir qiz topil-sin. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
— Bizda ilgʻorlar ishiga yarasha hurmatdaligini yaxshi bilasan, — dedi Yoʻldosh Saidga. A. Muxtor, Chinor
2. Qiyos, nisbatlash bilan inkor mazmunini ifodalash uchun xizmat qiladi.
-
Besh farzandim bor. Darsligi yetishmaganiga yarasha daftari boʻlsaydi. Gazetadan
yarasha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻziga yarasha
-
Ziyobekning ham oʻziga yarasha dardi, sevgisi, orzusi bor edi. N. Fozilov, Diydor
-
Bunday tunda yayov ketishning ham oʻziga yarasha gashti boʻladi. F. Musajonov, Himmat
YARASHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯРАША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YARASHA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YARASHA so‘ziga berilgan ma’nolar
yarasha so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yarasha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing