yarash
bilan ulashing
Oʻzaro urush-janjalni toʻxtatmoq, arazsiz holatga oʻtmoq.
-
[Kumush:} Men hali urushigʻlik holdaman, yarashganim yoʻq! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Unaqa olifta boʻlsa, kelmasin edi! Yarashgani kelganmi? Uy koʻrgani kelganmi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Soli singillari bilan yarashdi. Oʻrtada uzilib qolgan aloqa tiklandi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
1. Koʻrinish, qad-qomat va shu kabilar jihatdan chiroyini ochadigan boʻlib turmoq; yoqimlilik, koʻrkamlik baxsh etmoq.
-
Bu libos sizga juda ham yarashibdi.
-
Oppoq soqoli xush qomatiga juda yarashgan, yarashgangina emas, balki unga allaqanday salobat baxsh etib turardi. K. Yashin, Hamza
-
Unga harbiy kiyim juda ham yarashgan va butunlay oʻzgartirib yuborgan edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Gul ham yarashganga yarashar ekan. Sizga yarashmabdi. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi
2. Munosib tushmoq (kishining ish-harakat, qiliq-qilmishlari haqida).
-
Baxillik iqtidorsiz odamlarga yarashadi S. Siyoyev, Avaz
-
oʻzini koʻrgan kishining koʻzi quvnaydi, shoʻxligi, qoʻying-chi, barcha qiliqlari oʻziga yarashadi. K. Yashin, Hamza
-
Gʻulom-jon sevgi vasvasasiga uchganini, shaʼniga yarashmagan qiliq qilganini endi angladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
YARASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯРАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yarash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar