yarim
bilan ulashing
1. Biror narsaning ikki teng qismidan bittasi, ikkidan bir boʻlagi, ikkidan biri.
-
Yilning yarmi. Nonning yarmi. Qishning yarmi tugadi. Ishning yarmi bitdi.
-
Yoni-veri bilan qoʻshilib, bir tanobdan moʻl yer qoʻlga kiradi. Keyin yaxshilab chopasan. Yarmiga sabzi, yarmiga kartoshka ekasan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oy ham qora narda ichidan yarim yuzini ochib, yer yuziga moʻralab qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Butunning ikkidan biriga teng miqdor; 0,5.
-
Yarim yil. Yarim litr yogʻ. Yarim metr las. Yarim kilogramm shokolad. Yarim soat suhbat.
3. Bir narsaning oʻrtasi, oʻrta beli.
-
Yoʻlning yarmiga yetganda, mashina buzilib qoldi. U yarim kechada yetib keldi. Bu togʻning yarmiga arang chiqdik.
-
Xolisaning norozi ovozi eshitildi: — Yarim kecha boʻldi-ku! S. Nurov, Narvon
-
Vaqt yarim tundan oshgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar
4. Toʻliq emas, notoʻliq; chala.
-
Yarim shaffof. Yarim qorongʻilik. Yarim jiddiy. Yarim hazil.
-
Uning ogʻzi yarim ochiq, sariq moʻylovi yupqa labining ikki chekkasidan osilib turardi. N. Aminov, Suvarak
-
Aravaga, undan boshqa, yarim yalangʻoch, sochlari hurpaygan bir yigit ham oʻtirdi. Oybek, Nur qidirib
5. Ikki xil narsa, modda, hodisa va shu kabilardan tashkil topgan, aralash.
-
Yarim jun mato. Yarim ipak shohi.
yarim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli yarim
Yarim podsho (yoki poshsho)
-
Qishloqda Bu odamlarni soʻroq qilgani yarim poshshoning oʻzi kelar emish, degan ovoza tarqaldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
YARIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЯРИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yarim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar