tayan
bilan ulashing
1. Tayamoq 1 feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Hassaga tayanmoq. Koʻllari bilan stolga tayanib olmoq.
-
Kampir bir qoʻlida hassasiga, ikkinchi qoʻlida Anorxonga tayanganicha qabristonga yoʻl oldi. I. Rahim, Ixlos
-
Sulton tizzalariga tayanib oʻrnidan turdi. E. Usmonov, Yolqin
2. koʻchma Biror narsani hisobga (asosga) olib, unga ishonib ish tutmoq; suyanmoq.
-
Ommaning tashabbusiga tayanmoq. Bizda paxtachilik yuksak agrotexnikaga tayanadi.
-
Oʻrtoq Nizomiddinov, bunday paytlarda rahbar organlarning yordamiga tayanish kerak. S. Ahmad, Hukm
-
Xon koʻproq saroy amaldorlari, ulamo va toʻralarga yon bosar va ularga tayanardi. J. Sharipov, Xorazm
-
Azaldan yer unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda almashlab ekish samarasiga tayanib kelingan. Mushtum
tayan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tavbasiga tayanmoq
TAYAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЯН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tayan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar