tayanch
bilan ulashing
1. Narsani koʻtarib, uning tik, barqaror turishi uchun xizmat qiladigan vosita; ustun, tirgak, tirgovuch.
-
Koʻpgina qurilish tashkilotlari tayanchlar yasash uchun metallni behuda sarflamoqdalar. Gazetadan
2. koʻchma Asos boʻlib xizmat qiladigan, suyaniladigan narsa.
-
Moʻl hosil toʻplash obida mexanizatsiya dehqonning eng kuchli tayanchidir. Gazetadan
-
Pedagogning eng qudratli tayanchi ham va orombaxsh yostigʻi ham uning pokiza vijdonidir. R. Usmonov, Odobnoma
-
Tabiat faqat inson tirikligining, hayotning jismoniy asosini belgilabgina qolmay, maʼnaviy hayotning ham asosiy tayanchidir. OʻTA
3. koʻchma Yordam yoki himoya qiladigan, qoʻl-lab-quvvatlaydigan kimsa; himoyachi, yordam-chi, homiy.
-
Zebixon xotinlarni zimdan kuza-tib oʻtirar, ularning ichidan oʻziga tayanch boʻladiganlarini moʻljallar va oʻylar edi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Xudodan boshqa tayanchim yoʻq, oʻzi asrasin. Oybek, Tanlangan asarlar
TAYANCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЯНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tayanch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar