tayin
bilan ulashing
1. Aniq, belgili, tayinli.
-
Tayin vaqt. Tayin ish.
-
Axir, xatida tayin yozibdi-ku R. Rahmon, Mehr koʻzda
-
Umid ularga tayin bir gap ayta olmadi. Mirmuhsin, Umid
-
Ammo bir narsa tayin edi: u shu qizsiz yashay olmaydi/U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Aniq, bor holatli, muqimlikka ega.
-
Yigitning qoʻlida gulday hunari bor ekan uy-joyi tayin ekan. Yana senga nima kerak? Oybek, Tanlangan asarlar
-
unga nima yetishmaydi kasb-kori tayin, birovga muhtojligi yoʻq. Yoshlik
tayin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tayin qilmoq (yoki etmoq)
-
Temir akamning bizlarga tayin qilgan ishi shuki N. Safarov, Uygʻonish
-
Uning yoshini tayin qilish qiyin Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tayin qildim toʻyning boʻlar kunini. H. Olimjon;
-
Raislikka tayin qilmoq.
-
Mustahkam istehkom oʻrnatishimiz, qorovullar tayin etishimiz maqsadga muvofiqdir. J. Abdullaxonov, Toʻfon
Tayini yoʻq
-
Toʻyning kanon boʻlishining hali tayini yoʻq.
-
Nasl-u nasabi nomaʼlum, ota-onasining ham tayini yoʻq Qora ilonni biron kimsa ham eslamadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Boradigan shahrining tayini yoʻq. Murodxon;
-
Ishingizga tushunolmay turibman, Yigitali aka, topishingizning ham tayini yoʻq S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Tayini yoʻq ish! Men gʻoʻzani nobud qilgani qoʻymayman! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari;
-
Yoʻq, tayini yoʻqroq bola ekan, bir kuni qarasam, boshqa bir qiz bilan ivirsib yuribdi U. Nazarov, Gʻurur
TAYIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tayin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar