tayinli
bilan ulashing
1. Muayyan, maʼlum, aniq, tayin.
-
Tayinli ish. Tayinli kun.
-
Majlis tayinli bir fikrga kelmasdan tarqapdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Tayinli javob ololmagan boyvachcha qoʻrgʻon eshigiga borib, kuchi boricha itardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. Arzirli va maqbul.
-
Tayiti ish.
-
Nusratulla roʻzgʻorda qoʻlini sovuq suvga urmaydi, ota mulkiga tayinli bir naf qoʻshgan emas. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Oraga tushgan sovuq vaziyatni yoʻqotish uchun tayinliroq soʻz qidirar, ammo tilim kalimaga kelmasdi. Oʻ. Xoshimov, Xayollarga boʻlaman tutqun
3. Ishonsa boʻladigan, sinashta, burdli.
-
Tayinli odam.
TAYINLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЙИНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tayinli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar