qayra
bilan ulashing
1. Tosh yoki boshqa narsaga ishqab oʻtkirlamoq, charxlab, oʻtkir, keskir qilmoq.
-
Ustarani qayramoq. Pichoq qayramoq.
-
Etigining qoʻnjidan pichoq chiqarib, piyolaning orqasiga qayray boshladi. T. Alimov, Odamsiz uylar
2. koʻchma Peshlamoq, oʻtkirlashtirmoq.
-
Irodani qayramoq. Ongni qayramoq.
-
Koʻpchilik oʻrtasida gapira olasanmi? Lab-dahanni bir qayrab, ishga solgin boʻlmasa, uka. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
A. Qodiriy yuqorida nomlari sanalgan gazeta-jurnallarda faol ishtirok etib, qalamini qayraydi. Gazetadan
3. koʻchma Biror kimsa, tashkilot, mamlakat va shu kabilarni boshqasiga qarshi gijgijlamoq, tezlamoq, xezlamoq, oyoqlantirmoq.
-
[Suxsurov:] Idoradagi dushmanlarim sizni ham qoʻlga olganini, menga qarshi qayrab solganini bilardim. A. Qahhor, Tobutdan tovush
-
Hammani raisga qarshi qayrab qoʻyib, endi yotigʻi bilan gaplashmoqchimisiz?! Mushtum
qayra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tishini qayramoq
-
Tishingni qayrab tur, uka, sal qoʻl boʻshasin, katta toʻy qilib beraman. Ataylab bitta xumga charosni bosib qoʻydim! Oybek, Oltin vodiydan shabadalar;
-
Dushmanlar pisib yurgan boʻlsalar ham, alam ichida tishlarini qayrab yuribdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yigitlarning sarasi choʻlga qayragan tishin. R. Bobojon.
-
Yangi mashina-da muncha paxta teraman deb, pul, orden, mukofotlarga tishini qayrab yurganlar undan koʻp. S. Nurov, Narvon
-
Arslonqul tishini qayrab, Toʻgʻonbekka oʻqraydi-da, tez yurib ketdi. Oybek, Navoiy
QAYRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qayra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QAYRA so‘ziga berilgan ma’nolar
qayra so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar