qaynoq
bilan ulashing
1. Qaynagan, qaynab turgan; kuydiradigan darajada issiq.
-
Qaynoq suv. Qaynoq shoʻrva. Qaynoq choy.
2. Harorati baland; haroratli, issiq.
-
Qizining hasratini tushungan ona uning qalin sochlarini, qaynoq peshonasini silay boshladi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Sherbekning qaynoq nafasi urilganidanmi, Nigoraning yuzlari lovullab ketdi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma Joʻsh urgan, avj olgan; qizgʻin, joʻshqin.
-
Qaynoq ish. Qaynoq mehnat. Qaynoq jang.
-
Toʻgʻonbek qaynoq siyosiy kurashlarga boshi bilan shoʻngʻidi. Oybek, Navoiy
-
Shu qaynoq vaqtda choʻqqayib, bir piyola choyni yuz qultum qiladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
4. koʻchma Kuchli, kuchaygan, toʻlib-toshgan, oshib-toshgan.
-
Qaynoq gʻazab. Qaynoq qasos hissi.
-
Hozir ularning diydor koʻrishlari, birinchi marta boshlaridan kechirayotgan qaynoq tuygʻulari har qanday oʻpichlardan koʻra balandroq, sofroq edi. P. Qodirov, Uch ildiz
5. koʻchma Kuch-gʻayratga toʻlgan, kuch-gʻayrati toʻlib-toshgan; olovli, oʻtli, otashin.
-
Qaynoq yoshlik. Qaynoq yurak.
-
Bu qaynoq yoshlar Shodlik yoshi, uchrashuv yoshi. Ikkimizning qalbimizni ham Qizdirardi zafar quyoshi. Uygʻun
6. koʻchma Odamlar bilan toʻlib-toshgan, odamlar gʻujgʻon oʻynagan.
-
[Yoʻlchi] Ikki quloch arqonni belbogʻ ustidan boylab, hammol-lik qilish uchun bozorning eng qaynoq joyiga bordi. Oybek, Tanlangan asarlar
QAYNOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЙНОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qaynoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QAYNOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qaynoq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar