simir
bilan ulashing
1. Ichga tortib ichmoq.
-
Qimizni simirmoq.
-
Valiyev ilib qolgan choyni simirdi. E. Usmonov, Yolqin
-
Otaning qoʻliga berib qoʻbizni, Ketidan tutdilar toʻla qimizni. Simirdi-da, ota qoʻbizni tortdi, Eshitganlar chuqur zavqlarga botdi. M. Alaviya
2. Chuqur nafas bilan ichga yutmoq.
-
Toza havodan simirmoq bahonasida Rasuljon tezroq hovliga chiqa qoldi. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Ota rayhon hidini simirdi. A. Eshonov, Ota
3. Koʻchma Miriqib vujudiga singdirmoq; tuymoq; ruhan his qilmoq.
-
[Sultonmurod] Ishq dardini totli may kabi simirmoqdan goʻyo lazzatlanadi. Oybek, Navoiy
-
Sheʼr zulolidan simirdim bir piyola toʻldirib, Voh, koʻrindi menga har bir qatrasi ummon kadar. E. Vohidov
simir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib
-
Oʻlib-tirilib, tirishib-tirmashib, suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib, endigina odam qatoriga kirdim. X. Sultonov, Otamning yurti
SIMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
simir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar