sim
bilan ulashing
1. Ip, chilvir, chiviq koʻrinishdagi uzun metall buyum.
-
Poʻlat sim. Mis sim. Yoʻgʻon sim. Ingichka sim. Sim toʻr. Sim gʻov.
-
[Hojar:] Nima? Ogʻzingizni yoping! Molxonaga sim bilan tortib qoʻyaman, ostonadan oʻligi chiqadi. Hamza, Paranji sirlari
-
Yoʻl chekkasidagi yantoqlar xuddi zang bosgan simday qovjirab yotar edi. N. Fozilov, Diydor
2. Elektr yoki telefon liniyasiga tortiladigan oʻtkazgich.
-
Elektr simi. Telefon simi. Sim tortmoq.
-
Vagonlar oʻntacha keladi. Ularning tepasidan bir-biriga elektr simi tortilgan. H. Nazir, Yonar daryo
3. Musiqa asboblarining metall ipi; metall tor.
-
Tanbur simi,
-
Agar aldamasa shu sovuq simlar, Gar shul eshitganim boʻlmasa roʻyo, Sen ona emassan, dorsan, tabiat, Sen beshik emassan, jallodsan, dunyo! A. Oripov
4. Simdan yasalgan, toʻqilgan.
-
Viktor shunday dedi-yu, eski sim karavot tagidan sandiqdek zil-zambil chamadonini tortib oldi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Etakdagi sim toʻr ortida tovuqlar qaqagʻlaydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
sim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tikanli sim
-
Har qadamda tankka qarshi qazilgan chuqur, bir necha qator tor-tilgan tikanli sim A. Qahhor, Asarlar
Sim qoqmoq
-
[Nazokat] Kechga yaqin sim qoqdi. Himmatilla u bilan juda yaxshi gaplashdi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
Sim joʻyak
kt. ayn. Siym.
-
Xazinaning sim-u zarga ehtiyoji ne darajada! Oybek, Navoiy
SIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar