silta
bilan ulashing
1. Kuch bilan keskin tortmoq yoki itarmoq.
-
Otning jilovini siltamoq. Varrakni siltab tortmoq.
-
Anvar allaqachon yerga sakrab tushgan, eshikni siltab yuborgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yigit
-
Shuni toʻldirib un koʻtarib kelaman, deganday katta qopini siltab, yelkasiga tashladi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Qiz ham oʻynab turgan sochini siltab, orqasiga tashladi-yu, uning koʻzlariga tik qaradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. koʻchma Soʻzini kesmoq; jerkmoq.
-
Ertalab [CommuJ kampirning qulogʻiga shivirlayotgan edi, kampir uni siltab tashladi: — Bolam, bu odatingni tashla. S. Ahmad, Saylanma
-
Arzimas narsaga uning [Shakarning] charsligi tutib, bolani siltaydigan, qargʻaydigan qiliq chiqardi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
silta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Orqaga siltamoq
Etak siltamoq
Qoʻl siltamoq
-
— Bas, koʻp vaqillama! — dedi maxdum qoʻl siltab. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Nizomiddinov jahl bilan qoʻl siltadi. S. Ahmad, Hukm;
-
Shundan keyin haqli savol tugʻiladi: bugun ulkan zafarlar oldida bogʻlardan kechdik, bulbul-u qushlarga qoʻl siltadik. Ertaga-chi?! Gazetadan;
-
Bolalar tarbiyasiga qoʻl siltagan shaxs kelajak oldida javobgardir. Gazetadan
SILTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
silta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar