gup-gup
bilan ulashing
Gup soʻzining takroriy shakli.
-
Aravalardan gumburlab tosh-shagʻal agʻdarilishi, yangroq arra tovushi, bolgʻa, bosqonlarning gup-gupi quloqni bitirardi. A. Muxtor, Opa-singillar
gup-gup soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gup-gup urmoq
-
Kimdir ikki qoʻli bilan gup-gup urib, bolishini koʻpchitardi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Afshonsoy tomonda qurbaqalar qurullar, dimogʻga archa, naʼmatakgul, yovshan, boʻztikan va yovvoyi piyoz hidi gup-gup urardi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
Yuragi gup-gup urmoq
-
Eshon ayaning rangi oʻchgan, yuragi gup-gup urardi. S. Ahmad, Saylanma
-
[Otabekning] Haligi bosinqirashidan yuragi gup-gup urar va vujudini ter bosgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
GUP-GUP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУП-ГУП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gup-gup so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar