gup
bilan ulashing
taql. s. Ogʻir narsaning urilishi natijasida hosil boʻladigan boʻgʻiq ovoz haqida.
gup soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gup etib
-
Polvonning kuchi oshib, oʻz raqibini aylantirib chunonam urdiki, u gup etib yerga yiqildi. J. Sharipov, Xorazm
-
Zumrad gup etib, oʻrniga choʻkdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Yigitali muvozanatni saqlay olmay, yonboshiga gup etib yiqildi. T. Malik, Ajab dunyo
-
[ Charos] Eshikni ochishi bilan gup etib issiq havo yuziga urildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qudrat qorni ochligidan Ahmadni ham unutib, uyga kirdi. Kirishi bilan bilqillab qaynayotgan dekchadan xushboʻy hid dimogʻiga gup etib urdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
GUP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gup so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar