tepa
bilan ulashing
1. Yer sathidan baland, doʻng joy; tepalik, balandlik.
-
Hademay oʻng tomondagi tepalar, undan naridagi tik qoyalar ustida oftob porlaydi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Suyun ogʻa garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fozilov, Diydor
-
Shu tepalar nishabida kamarlar bor. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Umuman, biror joy, makonga nisbatan yuqoridagi joy, yer.
-
Tepadan qaragan kishiga bu ariqcha ilon izidek egilib, bukilib, oʻzining oʻqida aylanayotganga oʻxshab koʻrinar edi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Nigora u yoq-bu yoqqa qaradi: yuqorida Qashqatov, pastda qalin archazor, oʻng va soʻlda tepa S. Anorboyev, Oqsoy
3. Biror narsaning yuqori qismi, usti.
-
Arizaning tepasiga imzo qoʻymoq. Daraxtning tepasida bir qush oʻtiribdi. Qabr tepasini maysa qoplagan.
-
Tashakkur, ustod! Agar eng baland minora tepasiga gʻisht qoʻysin, desangiz ham biz rozi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. Koʻp miqdorda uyilgan narsalardan hosil boʻlgan balandlik, doʻnglik.
-
Goʻng tepa. Kul tepa. Qum tepa.
-
Bu tuproq tepa uch kishining qabri boʻlib chiqdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Uch-toʻrt yuz inson boshidan turgʻizilgan bir tepa! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Kishi ustidagi boʻshliq, osmon, falak; yuqori.
-
Samolyot tik tepaga koʻtarildi. Ku-yosh qoq tepaga keldi.
-
Tepadan oftob urib turibdi. S. Ahmad, Tomosha
-
U oʻz ovozidan uygʻonib ketib, koʻzini ochganida, tepada oy suzar, hamma yoq jimjit Mirmuhsin, Meʼmor
6. Nisbatan yuqori qismda boʻlgan, joylashgan; ustki.
-
Oʻroz tepadagi qoziqdan doʻmbirasini oldi Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Tolning] Tepa shoxiga quruvchilar projektor oʻrnatishgan ekan, hozir atrofni sutday yoritib, koʻzni qamashtiradi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Ustki qatordagi soʻyloq tishlaridan ikkitasi tepa labini yorib chiqqanini koʻrgan kishi oʻqchib yuborardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
7. arxeol. Paxsadan ishlangan qadimiy inshootlarning xarobalari va ularni toʻldirgan madaniy qatlamlardan hosil boʻlgan doʻnglik.
8. 3-shaxs egalik va joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklari affikslari bilan koʻmakchi vazifasida qoʻllanadi va makon munosabatini ifodalaydi.
-
Adolat uxlayotgan juvonning tepasiga bordi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Botirali Oyshabonuni bir qoʻli bilan chetga surdi-da, boyning tepasiga engashib, koʻrpani ochdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Oʻtgan kuni shu ikki yigitni qozon tepasida et olayotganlarida koʻrgan edilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Keyin, piyolani butilkaga urib, tepasida parvona boʻlib turgan xotiniga oʻshqira ketdi Mushtum
-
Tepamdan vagʻillab samolyot uchib oʻtdi. H. Nazir, Yonar daryo
tepa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ikki qoʻli bir tepa
-
[Mastura:] Doimo huzur-halovati shularcha-yu, ikki qoʻli bir tepada men qolaman. Hamza, Paranji sirlari
-
Bolalarimni yetakladim-da, ikki qoʻlim bir tepa, boyning dargohidan ketdim. H. Gʻulom va A. Shorahmedov, Ota
Tepa sochi tikka boʻlmoq
-
— A?! — Rahimning tepa sochi tikka boʻlib, koʻzlari qinidan chiqayozdi. — Bekor! Hammasi bekor. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Tepasiga chiqmoq (yoki minmoq)
-
Shuncha oʻqibdi — bas, bundan ortiq oʻqisa, tepangga chiqib ketadi. A. Qahhor, Asarlar
TEPA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕПА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tepa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar