xonaqoh
bilan ulashing
1. din. Masjidning namoz oʻqiladigan, odatda keng va katta xonasi.
-
Karvonsaroyning yonida katta bir xonaqoh bor edi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Kichik masjid qishloqning etak mahalla deb atalgan qismida boʻlib, siqiqroq bir xonaqoh va torroq bir ayvondan iborat. A. Qodiriy, Obid ketmon
2. din. Sufiylar mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan katta xona va uning atrofidagi hujralar.
-
Yiliga bir zikr-u samo boʻladigan xonaqoh huvullab yotibdi. S. Ahmad, Hukm
3. Mahalla, qishloq masjidlarining tomi gumbazli yoki tekis boʻlgan qishki qismi.
XONAQOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОНАҚОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xonaqoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar