qiyoq
bilan ulashing
1. Ingichka, uzun-uzun keskir bargli koʻp yillik oʻt.
-
Keksa podachi botqoqqa ham, yuziga urilgan keskir qiyoq barglariga ham eʼtibor qilmay, olgʻa intilar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Koʻk-orol paxtazori gʻumay, qiyoq, pechak kabi oʻtlardan tozalanib boʻlayozdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Baʼzi oʻt-oʻsimliklarning qiyoq bargiga oʻxshash, keskir bargi.
-
Maysalar qiyoq choʻzib qoldi. Qamishning qiyogʻi qoʻlni kesib ketdi.
-
Oʻq tovushi tinganda, savagʻichning qurigan qiyoqlari toʻzgʻib ketganini koʻrdi. S. Ahmad, Ufq
QIYOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЁҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar