qiymat
bilan ulashing
1. iqt. Tovar narxi.
2. Pulning xarid qobiliyati; muayyan bozor narxlari darajasida pul birligi hisobiga sotib olish mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
-
Binokorlik ishlarining qiymati ancha kamaytirildi.
3. iqt. Tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati.
4. Savdo-sotiqda: narx, baho.
-
Mollarning qiymati.
5. koʻchma Kishi yoki narsaning turmushda tutgan oʻrni, ahamiyati, qadri.
-
Otabekning yozgan xatini oʻqib eshitish Kumush uchun katta qiymatga molik edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. mat. Oʻzgaruvchan miqdorning maʼlum sharoitdagi kattaligi.
-
Iksning qiymati.
7. Oʻlchov asboblari shkalasining har bir boʻlimi ifodalagan kattalik.
8. so‘zlashuv tili Qimmat.
-
Bu kishi: — Qiymat behikmat emas, arzon beillat emas, buning tagida bir illat bordir, sabr qilaylik, -deb lanjlik qildilar. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
QIYMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiymat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar