rutubatli
bilan ulashing
1. Rutubati boʻlgan; nam, zax.
-
Kuzning rutubatli oqshomi edi, Bogʻlar sokingina chekar edi oh. Ruhimda bir xazon ayyomi edi, Ajib goʻzallikka duch keldim nogoh. A. Oripov, Onajon
-
Qosh qoraygan edi. Dalalardan rutubatli sovuq shamol esib turibdi. A. Muxtor, Chinor
-
Tungi rutubatli havo badanni junjiktiradi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
2. koʻchma Gʻam-gʻussali, kishi erkini boʻgʻadigan; iflos, chirkin.
-
Shunda rutubatli badboʻy bu shahar Koʻzimga charaqlab Fargʻona boʻldi. E. Vohidov, Kelajakka maktub
-
Ertaga u diqqinafas, rutubatli Hirotdan chiqib ketadi, shu yoʻsin bilan bir yoʻla u beadad gʻam-u gʻussadan ham qutuladi! [oʻylardi Meʼmor]. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Saroyning fisq-u fujurga, fahshga toʻla rutubatli havosi-yu marmar hovuzlardagi favvoralar salqini — barcha-barchasi oʻtmishga chekindi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Besh yil gʻoyauchun qattiq berilib, rutubatli hujrada zaxlab yigirma sakkiz yoshida xatmi kutub qilishga muvaffaq boʻldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
RUTUBATLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РУТУБАТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rutubatli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar