salmoq
bilan ulashing
1. Ogʻirlik, vazn, vazminlik, zalvor.
-
Soni bor, salmogʻi yoʻq. Maqol
-
Agapov shoshilmaydi Yukning salmogʻiga qarab, soʻngra gapiradi. I. Rahim, Ixlos
-
Qarshimda Yer sharin surati turar, Salmogʻi Quvaning anoricha bor. A. Oripov
2. koʻchma Jamiyatda, koʻpchilik oʻrtasida erishilgan hurmat-eʼtibor; mavqe, nufuz.
-
Salmoqqa yarasha ish qilish kerak, Toki doʻst-oshnolar desinlar balli. Gʻ. Gʻulom
3. Nisbiy vazn, hajm, qiymat, ahamiyat, egallangan oʻrin; mazmun.
-
Ogʻir sanoat mahsulotining salmogʻi tez oʻsib bormoqda.
-
Adabiyotimizdagi hujjatga — hayotda bor faktlarga asoslanib yozilgan voqeiy asarlar katta salmoqqa ega. N. Safarov, Jasoratning davomi
-
Badiiy tarjimaga eʼtibor kuchaymoqda, tarjima adabiyotining salmogʻi ham yil sayin oshib bormoqda. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
salmoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Salmoq bilan
-
Choʻpon ota hayron boʻlib, qoʻlini orqasiga qilgancha, tik qotib turgan edi, keyin salmoq bilan yura boshladi. Oydin, Hikoyalar;
-
Keyin Hazrat yonida oʻtirgan oqsoq darvishga maʼnodor qarab qoʻydi-da, asta tomoq qirib, salmoq bilan gapira boshladi. K. Yashin, Hamza
SALMOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЛМОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
salmoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar